Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Barqaror loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Vyetnam tajribasi o‘rganilmoqda

Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil qilingan o‘quv safari davomida navbatdagi tashrif Vyetnamda bo‘lib o‘tdi. BMT TD, loyiha amalga oshirilishi belgilangan viloyatlar hokimligidan hamda BLAOG xodimidan iborat delegatsiya Vyetnamning Nam Dong provinsiyasi Qishloq taraqqiyoti markazi vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan pilot loyihalar bilan tanishish, Vyetnamning jamiyatni barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan o‘rtoqlashish hamda infratuzilmani rivojlantirish loyihalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Yuborish Ulashish