Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot (01.12.2025 holatiga)

XMI nomi: “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki” (XTTB);

Loyiha maqsadi: O‘rta shaharlarda shahar infratuzilmasi, jamoat joylari va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;

Qarz bitimi: 2019-yil 11-apreldagi 8914-UZ-sonli (XTTB);

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi PQ-4409-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori;
Hozirda, loyihani amalga oshirish guruhi direktori J.B.Matrasulov (LAOG rahbarligida 2024-yil iyundan).
Loyihani amalga oshirish muddati: 2019-2027-yy.;
Loyihani amalga oshirish hududlari: Buxoro viloyatining Kogon, Namangan viloyatining Chortoq va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shaharlari;
Loyihaning umumiy qiymati: 124,12 mln dollari shundan: 
- Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ulushi – 100,0 mln;
- O‘zbekiston Respublikasi ulushi – 24,12 mln dollari soliq 
va bojxona to‘lovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek ko‘chib o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplash ko‘rinishida).
Loyiha quyidagi 3 ta komponentdan iborat:
1. komponent: Shahar xizmatlarini takomillashtirish va shahar jamoat joylarini yaxshilash – 78,7 mln dollari (qarz);
2. komponent: Institutsional salohiyatni kuchaytirish va texnik yordam – 14,5 mln dollari (qarz);
3. komponent: Loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash – 1,87 mln dollari (qarz);
Ko‘zda tutilmagan moliyaviy xarajatlar – 4,93 mln dollari (qarz);

Loyiha doirasida belgilangan tadbirlar:

1. Namangan viloyati Chortoq shahrida 72,5 km ichimlik suv tarmoqlari, 1 ta garaj kompleksi qurish va 15 ta maxsus texnikalar xarid qilish, Ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, 1 ta eski 5-sonli maktab va 17-sonli eski bog‘chani energiya samaradorligi oshirish, 11 km eko-yo‘lakcha qurish, 1 ta istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borish;
2.
Buxoro viloyati Kogon shahrida 27,2 km oqova suv tarmoqlari, Amir saroyi va tanlangan boshqa madaniy meros binolarini restavratsiya qilish, 1 ta garaj kompleksi qurish va 15 ta maxsus texnikalar xarid qilish, kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, 1 ta piyodalar ko‘prigini rekonstruksiya qilish, 5 km asfalt qilish ishlari, 3 km eko-yo‘lakcha qurish va shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borish;
3. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 52 km ichimlik suv tarmoqlari, 1 ta garaj kompleksi qurish va 13 ta maxsus texnikalar xarid qilish, kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) yuzasidan 3 ta yer usti va 2 ta yer osti piyodalar ko‘prigini qurish, kanalda 1 ta charxpalak uskunasini o‘rnatish, piyodalar yo‘lkasini qurish, markaziy ko‘chada 1 ta favvora qurish va 1 ta favvorani rekonstruksiya qilish, ko‘cha yoritish tizimlari va o‘rindiqlarini o‘rnatish belgilangan.

O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari:

2025-yil 1-dekabr holatiga loyiha boshidan ajratilgan 100,0 mln dollar mablag‘lardan 63,6 mln dollari o‘zlashtirilgan. Xususan, Kogon shahri bo‘yicha 11,7 mln dollari, Chortoq shahri bo‘yicha 35,9 mln dollari, Yangiyo‘l shahri bo‘yicha 15,8 mln dollari miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Shuningdek, 2025 yil yanvar-noyabr oylarida tarmoq jadvaliga muvofiq belgilangan 37,2 mln dollar rejaga nisbatan 37,2 mln dollari o‘zlashtirilgan (100%).

Amalga oshirilgan ishlar:

•    Chortoq shahrida eski 17-son bolalar bog‘chasi va hokimlik binosini mukammal rekonstruksiya va energiya samaradorligi modernizatsiya qilindi;
•    Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shaharlarini mashina-mexanizm bazasini rivojlantirish maqsadida Chortoq tuman hokimligi uchun 15 dona, Kogon shahar hokimligi uchun 15 dona hamda Yangiyo‘l shahar hokimligi uchun 13 dona, jami 43 dona har xil turdagi maxsus texnikalar xarid qilindi va foydalanishga topshirildi;
•    Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shahar hokimliklariga xarid qilingan maxsus texnikalarni saqlash va xizmat ko‘rsatish uchun 3 ta garaj komplekslari qurib bitkazildi hamda foydalanishga topshirildi;
•    Chortoq shahridagi eski dehqon bozorini “Sayyohlar savdo markazi”ga aylantirish bo‘yicha rekonstruksiya ishlari yakunlandi;
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududida suv kanalini kesib o‘tuvchi 5 ta piyodalar qatnovi uchun ko‘priklar qurildi;
•    Yangiyo‘l shahrida 2 ta shartnomaga doirasida 52 km uzunlikdagi ichimlik suv ta’minoti tizimlari qurilish ishlari yakunlandi; 

Amaldagi ishlar:

•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududda 1,7 km uzunlikdagi piyodalar va velosiped eko-yo‘lak qurilmoqda va hozirda qurilish ishlari 1,3 km qismi yakunlanib asfalt yotqizish va daraxt o‘tkazish ishlari bilan birgalikda eko-yo‘lak qurilish ishlari davom etmoqda;
•    Chortoq shahrida 72,5 km ichimlik suv tizimlarini rekonstruksiya qilish yuzasidan g‘olib pudrat korxonasi (Xitoy) bilan 2025-yil 12-martda shartnoma imzolandi va hududda qurilish ishlari olib borilmoqda;
•    Kogon shahridagi temir yo‘l vokzalining oldi qismida joylashgan Amir saroyi va qator madaniy meros binolarini restavratsiya qilish yuzasidan Direksiya markazi bilan 2025 yil 20 fevralda imzolangan shartnoma asosida restavratsiya ishlari boshlandi va moliyalashtirish ochildi;
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “B” va “S” hududlarida eko-yo‘laklar qurish bo‘yicha g‘olib pudrat korxona bilan shartnoma 2025 yil 4 aprelda imzolandi va hududda qurilish ishlari olib borilmoqda;
•    Chortoq shahridagi jami hududi 7,2 ga teng “Furqat” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2025-yil 7-oktabrda pudrat korxonasi bilan shartnoma imzolandi va qurilish ishlari boshlandi;  
•    Kogon shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) bo‘yicha piyodalar ko‘prigi va yo‘laklarini qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tizimlari va o‘rindiqlarini o‘rnatish yuzasidan loyihachi tashkilot bilan 2025-yil 7-oktabrda shartnoma imzolandi va loyiha ishlari olib borilmoqda;
•    Yangiyo‘l shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) yuzasidan 3 ta yer usti va 2 ta yer osti piyodalar ko‘prigini qurish, kanalda 1 ta charxpalak uskunasini o‘rnatish, piyodalar yo‘lkasini qurish, markaziy ko‘chada 1 ta favvora qurish va 1 ta favvorani rekonstruksiya qilish, ko‘cha yoritish tizimlari va o‘rindiqlarini o‘rnatish bo‘yicha 2025-yil 17-iyulda shartnoma imzolanib hududda loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda;
•    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy-fazoviy strategiyalari va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha 2025-yil 18-avgustda g‘olib konsultant korxona bilan shartnoma imzolandi va ishlar boshlandi;
•    Toshkent viloyati mintaqaviy strategiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kosultant kompaniya tanlab olish bo‘yicha tender savdolari yakunlandi. Bugungi kunda, ishtirokchilarni yakuniy baholash ishlari olib borilmoqda;
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududida suv kanalini kesib o‘tuvchi piyodalar qatnovi uchun ko‘priklar ostini betonlashtirish bo‘yicha (Volnorez) ishlarini amalga oshirish yuzasidan pudrat korxonasi bilan 2025 yil 15-mayda shartnoma imzolandi va qurilish ishlari yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

Ichimlik suv loyihasi, Chortoq

Ichimlik suv rezervuar, Chortoq

Eko-yo’lak “B” va “C” hududlar, Chortoq

Ko’priklarni ta’mirlash, Chortoq

Eko-yo’lak - “A” hudud, Chortoq

“Furqat” nomidagi istirohat bog’I, Chortoq

Yuborish Ulashish