Yangiliklar
XMI nomi: “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki” (XTU va OIIB);
Loyiha maqsadi: O‘rta shaharlarida shahar infratuzilmasi, jamoat joylari va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Qarz bitimi: 2022-yil 30-sentabrdagi 6913-UZ-sonli (XTU) va 2022-yil 14-oktabrdagi L0474A-sonli (OIIB);
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-yanvardagi PQ-47-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” (qo‘shimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorlari;
Hozirda, loyihani amalga oshirish guruhi direktori J.B. Matrasulov (LAOG rahbarligida 2024-yil iyun oyidan).
Loyihani amalga oshirish muddati: 2024-2027 yy;
Loyihani amalga oshirish hududlari: Qashqadaryo viloyati 6 ta shahar (Koson, Dehqonobod, Shahrisabz, Kitob, G‘uzor va Qamashi (Maydanak) hamda Surxondaryo viloyati 8 ta shahar (Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Denov, Sho‘rchi, Sherobod va Boysun (Omonxona);
Loyihaning umumiy qiymati: 243,19 mln dollari shundan:
- Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ulushi - 100,0 mln dollari;
- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) ulushi - 100,0 mln dollari;
- O‘zbekiston Respublikasi ulush - 43,19 mln dollari soliq va bojxona to‘lovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek ko‘chib o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplash ko‘rinishida).
Loyiha quyidagi 3 ta komponentdan iborat:
1. komponent: Shahar xizmatlarini takomillashtirish va shahar jamoat joylarini yaxshilash – 177,0 mln dollari (qarz);
2. komponent: Institutsional salohiyatni kuchaytirish va texnik yordam – 17,75 mln dollari (qarz);
3. komponent: Loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash – 5,0 mln dollari (qarz);
Shuningdek, 0,25 mln dollari bir martalik komissiya xarajatlari uchun ajratilgan.
Loyiha doirasida belgilangan tadbirlar:
Qashqadaryo viloyati (6 ta) shaharlarida 206,7 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 227,9 km oqova suv tarmoqlari va 21 ta inshoot, 32,8 km yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, 1,3 km piyodalar va velosipedchilar yo‘lkasini qurish, 80 ta ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish va 70 ta kichik mexanizmlar xarid qilish, markaziy 2 ta istirohat bog‘larini rekonstruksiya qilish, 1 ta Madaniyat uyi va 1 ta mahalla binosini tarkibida yoshlar kovorking markazini tashkil qilish.
Surxondaryo viloyati (8 ta) shaharlarida 331,0 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 99,3 km oqova suv tarmoqlari va 9 ta inshoot, 319,8 km yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, 43,5 km piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘lak qurish, 1 400 ta qo‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, 6 ta garaj komplekslarini qurish va 56 ta kichik mexanizmlar xarid qilish.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-dekabr holatiga 200,0 mln dollari mablagʼlaridan loyiha boshidan (har bir viloyat uchun 100,0 mln dollardan ajratilgan) Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 7,6 mln miqdorida mablagʼlar oʼzlashtirilgan. Shundan, 2025-yil yanvar-noyabr oylarida tarmoq jadvaliga muvofiq belgilangan 7,4 mln dollar rejaga nisbatan 7,4 mln dollari oʼzlashtirilgan (100%).
Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar:
- Kitob va Shahrisabz shaharlarida ichimlik suv taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish maqsadida loyihachi tashkilot - “Aziya Industry Invest” MChJ & “Navoiy Suv Loyiha” MChJ & “Water Engineering-Pro” MChJ QK (Turkiya, Oʼzbekiston) bilan 2025-yil 12-mayda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyihalarning chizmalari va quvvatlar tayyorlanib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda (0,62 mln dollar);
- Koson va Gʼuzor shaharlarida oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan loyihachi tashkilot xususan, ALTER Uluslararası Mühendislik ve Müşavirlik Hizmetleri A.Ş. (Turkiya) bilan 2025-yil 29-iyulda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,9 mln dollar);
- Kitob va Gʼuzor shaharlari markazlaridagi madaniyat va istirohat bogʼlarini rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “ULTRA GROUP” MChJ (Oʼzbekiston), tashkilot bilan 2025-yil 7-avgustda shartnoma imzolandi va hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyiha hududini oʼrganish, amalga oshiriladigan ishlar takliflari boʼyicha chizmalar va renderlar tayyorlandi va tuman hokimliklari bilan loyiha rejalari kelishilmoqda (0,1 mln dollar);
- Viloyatda xarid qilinadigan maxsus texnikalarning soni va quvvatlari (spetsifikatsiya) viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi va 2025 yil dekabr oyidan texnika yetkazib beruvchi korxona tanlab olish boʼyicha tender eʼloni boshlanadi (1,5 mln dollar);
- Dehqonobod shahrida Madaniyat uyi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi va JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi. Shunga koʼra, texnik topshiriqni tasdiqlash va tender eʼlonini boshlanishi 2025 yil dekabr oyidan boshlanadi (0,4 mln dollar);
- Koson shahrida Yoshlar kovorking markazi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi va JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi Shunga koʼra, texnik topshiriqni tasdiqlash va tender eʼlonini boshlanishi 2025 yil dekabr oyidan boshlanadi (0,4 mln dollar);
- Shuningdek, joriy yil rejasiga qoʼshimcha tarzda amalga oshirilayotgan, Qamashi tumani Maydanak hududiga olib boradigan yoʼl infratuzilmasini qurish va taʼmirlash ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi – "QASHQADARYO KOMPLEKS LOYIHA QIDIRUV EKSPEDITSIYASI" JAMOA KORXONASI bilan 2025 yil 15 oktyabrda shartnoma imzolandi va hududda loyiha ishlari boshlandi (0,24 mln dollar).
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar:
- Jarqoʼrgʼon, Qumqoʼrgʼon, Shoʼrchi, Uzun va Sariosiyo shaharlarida ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “Art Cevre Teknolojilleri Insaat Muhendislik Turizm Ticaret” MChJ & “Kommunal Liti” DUK QK (Turkiya, Oʼzbekiston) bilan 2025 yil 25 iyulda shartnoma imzolanib, barcha hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,9 mln dollar);
- Surxondaryo viloyatida garaj komplekslarini (7 ta) qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “Nufuz” MChJ (Oʼzbekiston) bilan 2025-yil 16-iyunda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalashtirish ishlari yakunlandi va bosqichma-bosqich tayyorlangan loyihalar davlat ekspertiza portaliga topshirilmoqda (0,1 mln dollar);
- Surxondaryo viloyatida xarid qilinadigan maxsus texnikalar boʼyicha kompaniyalar bilan xususan, “HEBEI YOUNGSUN LOGISTICS CO., LTD.” - 11 & 12, “GUANGZHOU HALO IMPORT AND EXPORT CO., LTD” - 13 & 14 (Xitoy) bidan 2025 yil 8 oktyabrda shartnoma imzolandi. Shartnomaga koʼra, texnikalarni yetkazib berish joriy yil yakuni va 2026-yil 1-choragida yakunlanadi (texnikalarni yetkazib berish lotlarga boʼlingan holda amalga oshiriladi);
- Sherobod shahrida turizm markazi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi hamda JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun 2025 yil sentyabr oyida kiritildi. Shuningdek, ushbu turizm markazi hududi Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan Termiz tumaniga viloyat hokimi taklifi bilan koʼchirildi (dastlabki rejaga nisbatan hudud maydoni 3 barobarga oshirildi). Bugungi kunda, ushbu markaz hududi va quvvatlari oʼzgarganligi sababli texnik topshiriqqa JB bilan kelishgan holda oʼzgartirishlar kiritilmoqda (1,0 mln dollar);
- Shuningdek, joriy yil rejasiga qoʼshimcha tarzda amalga oshirilayotgan, Boysun tumani Omonxona hududiga olib boradigan yoʼl infratuzilmasini va ichimlik suv tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “JANUBYOLLOYIHA” MChJ (Oʼzbekiston) bilan 2025 yil 7 oktyabrda shartnoma imzolandi va hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,3 mln dollar);
- Loyihaning 2 komponenti doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 1 apreldagi PQ-132-sonli qaroriga va 2025 yil 8 oktyabrdagi PQ-298-sonli qarorlariga muvofiq Respublikaning 33 ta hududlarda 5 ta lotga boʼlingan holda jadal rivojlantirish strategiyalari va master rejalarini ishlab chiqish boʼyicha JB konsultantlari bilan birgalikda texnik topshiriqlar ishlab chiqildi va JB tomonidan tasdiqlandi. Shunga koʼra, 2025 yil 6 avgustdan xalqaro konsultant kompaniyalarni tanlab olish boʼyicha tender savdolari boshlandi va 2025 yil 10 sentyabrga qadar davom etdi. Bugungi kunda tender ishtirokchilarini baholash (Short list - qisqa roʼyxat shakllantirish boʼyicha) ishlari amalga oshirilmoqda va bunda JB ekspertlari jalb qilingan.
Hududlarda loyihalashtiirish ishlari va aholi bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar bo‘yicha lavhalar:



