Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida Islom taraqqiyot bankining O‘zbekiston bilan hamkorligini baholash missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Missiya tarkibidan Baholash bo‘yicha bosh mutaxassis Golam Mortaza, yetakchi iqtisodchi Musa Jega Ibrohim va bankning faoliyatini baholash boshqa ekspertlar o‘rin olgan. Mazkur missiya kun tartibidan 2015-2024-yillar davomida ITB guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan loyihalar tahlili va hamkorlik samaradorligini kengaytirish yo‘nalishlarini aniqlash belgilangan.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ITB moliyaviy ko‘magida BLAOG tomonidan amalga oshirilib kelayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari muhokama qilindi. Loyihalar boshlanganidan qadar bugungi kungacha erishilgan natijalar, yuzaga kelgan muammolar tahlil qilindi.
Shu bilan bigra, tomonlar loyihalarni samarali davom ettirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.