Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Xorazm viloyatida yangi obyektlar ochilishi bo‘lib o‘tdi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, qurilishi yakunlanayotgan obyektlar obyektlar ochilishida qatnashish va hududlarda aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Islom taraqqiyot banki, BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillarining Xorazm viloyatiga safari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov hamda donor tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar Xorazm viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, hududning o‘ziga xosliklari hamda rivojlantirish zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni muhokama qildilar. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazmning 6 tumani – Gurlan, Yangibozor, Urganch, Xonqa, Bog‘ot va Hazoraspda – jami 49 ta mahallada keng ko‘lamli qishloq rivojlanish ishlari olib borilmoqda.

“Pastdan yuqoriga” tamoyili asosida Xorazmda 49 ta MFY aholisi tomonidan 208 ta ustuvor subloyihalar tanlab olingan. 14 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlangan loyihalar maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiyot muassasalari qurish yoki rekonstruksiya qilish, ichimlik suvi va elektr tizimini yaxshilash, ichki yo‘llar, ko‘priklar, irrigatsiya va drenaj tizimlarini ta’mirlashni o‘z ichiga oladi. Bu ishlarga asos bo‘lgan 40 ta klaster Mahallani rivojlanish rejalari ishlab chiqilgan. Loyihadan qariy 180 ming qishloqlar aholisi manfaatdor bo‘ladi.

Shundan so‘ng, loyiha doirasida Urganch tumani Yuqoriovul MFYda 3 qavatli mahalla va maishiy xizmat ko‘rsatish markazining keng jamoatchilik, hokimlik mas’ullari ishtirokida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz “Yuqoriovul”, “Merganovul”, “Jayhun” va “Uyshin” mahallalariga xizmat ko‘rsatadi.

Markaz eskirgan maishiy xizmat binosining o‘rnini egallab, quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

- mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriyati;
- o‘quv va trening xonalari;
- kutubxona va o‘quv xonalari;
- tikuvchilik ustaxonalari;
- sport va fitnes zonalari;
- erkaklar sartaroshxonasi;
- novvoyxona va kichik do‘konlar;
- maishiy texnika ta’miri xizmati;
- go‘zallik saloni va kimyoviy tozalash.

Ushbu markaz yangi ish o‘rinlari yaratadi, aholi daromad manbalarini kengaytiradi va yoshlar uchun zamonaviy o‘quv va tadbirkorlik maydonlarini taqdim etadi.

Delegatsiya shuningdek, tumanning “Uyshin” mahallasida yangidan barpo etilgan 150 o‘rinli 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mahalla ahli ishtirokida ochilishi o‘tkazildi. Obyektning umumiy qiymati 4,6 mlrd so‘mni tashkil qilib pudrat ishlari “Sarvinoz Lyuks trans” MChJ tomonidan amalga oshirildi.

“Uyshin” MFYda 7 ta qishloqda yashovchi qariyb 3 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla avval davlat bog‘chasiga ega emas edi, bu esa bolalarning maktabgacha ta’lim imkoniyatini cheklar, yosh bolali ayollar uchun bandlik imkoniyatlarini toraytirardi. Endilikda yaqin kunlarda ish boshlaydigan bolalar bog‘chasi mahalliy aholi va bolajonlar uchun ta’lim va tarbiya imkoniyatlarini yaratadi. 

Yuborish Ulashish