Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Loyihalarda xaridlar yoʻnalishini oʻrganuvchi ITB missiyasi oʻz ishini boshladi

Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida xarid jarayonlarini o‘rganish va baholash masalalari bo‘yicha Islom taraqqiyot bankining navbatdagi missiyasi boshlandi.

Missiyaning birinchi kunida Islom taraqqiyot bankining xarid jarayonlariga masʼul mutaxassislari ishtirokida BLAOGda uchrashuv oʻtkazildi. Unda loyiha doirasida bugungi kungacha boʻlib oʻtgan xarid jarayonlari haqida maʼlumot berildi, shuningdek missiya kun tartibidagi boshqa masalalar kelishib olindi.

ITB missiyasining “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasida amalga oshirilayotgan qurilish, rekonstruksiya ishlarini oʻrganish maqsadida Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi obyektlarga tashrifi ham rejalashtirilgan.

Yuborish Ulashish