Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Navoiyda ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari qurilishi davom etmoqda

Navoiy viloyatining Karmana tumani “Doʻstlik” mahallasi hududida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 28-umumtaʼlim maktabida qurilish ishlari davom etmoqda. 800 nafardan ortiq oʻquvchilar taʼlim oluvchi mazkur oʻquv muassasasining oʻquv binolarini mukammal taʼmirlash hamda sport maydonchasi barpo etish pudratchi tashkilot “Element qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tumandagi “Ayronchi” mahallasiga qarashli 2 km hududda piyodalar oʻtish yoʻlagi va tungi koʻcha yoritish tizimi qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur hududda yoʻllarni asfaltlash ishlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Yuborish Ulashish