Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi Hazorasp tumanida yo‘l qurilishi obyektlarida belgilangan ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Loyihalarning umumiy shartnoma qiymati 11 mlrd 930 mln so‘mni tashkil etib, bugungi kunga qadar 6 mlrd 406 mln so‘mlik ishlar bajarildi. Bu umumiy rejaning 54 foiziga teng. Shuningdek, moliyalashtirish hisobiga 3 mlrd 578 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu 30 foizni tashkil qiladi.
Jumladan, Hazorasp tumani “Bog‘irog‘lar” MFYda 12,2 km ichki ko‘chalarni asfaltlash obyekti bo‘yicha shartnoma qiymati 4 mlrd 995 mln so‘mni tashkil etadi. Hozirga qadar 1 mlrd 898 mln so‘mlik ishlar bajarilib, qurilishning 38 foizi amalga oshirildi. Obyektda “Arkitektor Quruvchi” MChJ tomonidan ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda qurilish jarayoniga 6 nafar ishchi va 10 ta texnika jalb qilingan.
Shuningdek, tumandagi “Bo‘ston” MFYda 17,8 km ichki ko‘chalarni asfaltlash amalga oshirilib, obyektning shartnoma qiymati 6 mlrd 936 mln so‘mni tashkil etadi. Bugungi kunga qadar 4 mlrd 508 mln so‘mlik ishlar bajarilib, qurilish ishlari 65 foizga yetkazildi. Mazkur obyektda “Farovon-yol servis” MChJ tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlariga 8 nafar ishchi va 15 ta maxsus texnika jalb etilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Hazorasp tumanida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari zamonaviy infratuzilmani yaratishga, transport harakati xavfsizligini ta’minlashga hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.