Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Islom taraqqiyot bankining loyihalarni oʻrganish va tahlil qilishga qaratilgan navbatdagi missiyasi ish boshladi

Islom taraqqiyot banki vakillarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari doirasidagi ishlarni oʻrganish, erishilgan natijalarni tahlil qilish hamda kelgusi vazifalarni belgilab olishga qaratilgan missiyasi boshlandi.

Missiyaning birinchi kunida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan loyihalarning bugungi holati, subloyihalardagi xarid jarayonlari, moliyaviy koʻrsatkichlar hamda loyihalarni jadallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. 

Shu bilan birga, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda koʻmakchi hamkor tashkilot BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan subloyihalarni amalga oshirishda tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar, mutaxassislarning aholi bilan ishlash tamoyillari, keyingi rejalari ham koʻrib chiqildi.

Missiya kun tartibidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarni baholash maqsadida hududlarga safarlar ham belgilangan.
 

Yuborish Ulashish