Yangiliklar
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqal'a tumanida joylashgan “Amirobod” ovul fuqarolar yigʻinida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 70-sonli umumtaʻlim maktabining yangi qurilgan binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Umumiy qiymati 11 mlrd. 372 mln. soʻm boʻlgan zamonaviy 3 qavatli taʻlim muassasasining ochilish marosimida tuman hokimligi, taʻlim sohasi xodimlari va oʻquvchilar qatnashishdi.
Yangi oʻquv yilidan maktabda oʻquvchilarning sifatli taʻlim olishi, bilim va salohiyatini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy sinfxonalar, qulay oʻquv muhiti va zamonaviy jihozlar yoshlarning puxta bilim egallashiga xizmat qiladi.
Ellikqal’a tumani hokimligi Axborot xizmati