Yangiliklar
Islom taraqqiyot banki vakillarining Oʻzbekistonga navbatdagi missiyasi davomida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
ITBning Olmaotadagi mintaqaviy xabidan loyihalar boʻyicha mintaqaviy menejer Farid Xon, loyihalar boshqaruvi boʻyicha mutaxassis Zarangez Maxmudova va boshqa bank xodimlaridan iborat missiya loyihalarning joriy holati, oldinda turgan vazifalar hamda hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi.
Tomonlar oʻrtasida amalga oshirib kelinayotgan ikkita loyiha orqali bugungi kunda respublikaning 6 ta viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 40 dan ortiq tumanlarida ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarini qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Uchrashuv davomida mazkur hamkorlikni davom ettirish istiqbollari oʻrganildi.