Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi “Guliston” mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Islom taraqqiyot banki, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihasi doirasida mahallada 7,8 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 16,62 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirildi hamda 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi. Bu esa mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratdi.
Bundan tashqari, hududda 10,7 kilometr elektr ta’minoti tarmog‘i rekonstruksiya qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallada elektr ta’minotining barqarorligi va sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
Loyiha natijasida mahalladagi infratuzilma zamonaviy talablar asosida bosqichma-bosqich yangilanib, aholi uchun yanada qulay yashash muhiti yaratilmoqda.