Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida yangi obyektlar foydalanishga topshirildi

Surxondaryo viloyatining Termiz, Muzrabot va Angor tumanlarida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida qurilish ishlari yakuniga yetgan ijtimoiy soha obyektlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Xususan, Angor tumanining “Qorabogʻ” mahallasida joylashgan 34-sonli umumiy oʻrta taʻlim maktabi uchun qurilgan yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirilishi oʻquvchilar uchun zamonaviy taʻlim muhitini yaratish, taʻlim sifati hamda yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Loyiha orqali maktab hududida 330 oʻrinli zamonaviy qoʻshimcha oʻquv binosi hamda 12×24 metr oʻlchamdagi sport zali barpo etildi. Yangi binoda oʻquvchilarning sifatli taʻlim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan, oʻquv xonalari zamonaviy jihozlar bilan taʻminlangan.

Termiz tumanining “At-Termiziy” MFYda ham 300 oʻrinli oʻrinli maktab oʻquv binosi foydalanishga topshirildi. Mahallada shuningdek loyiha doirasida ayni vaqtgacha ichki yoʻllar asfaltlanib, piyodalar yoʻlaklari barpo etish, elektr taʻminoti hamda ichimlik suvi tarmoqlari yangilash kabi ishlar bajarilgan.

Navbatdagi obyekt – Muzrabot tumanining “Mehrigiyoh” mahallasida yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirilgan 30-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkiloti boʻlib, yangi inshoot 120 ta maktabgacha yoshdagi boʻlgan bolajonlarni oʻz bagʻriga olishga moʻljallangan.

Ochilish marosimlari mahalla faollari va nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Manba: Angor, Termiz va Muzrabot tumanlari hokimligi Axborot xizmati

Yuborish Ulashish