Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Shofiron tumani mahallalarida bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda

Islom taraqqiyot bankiva OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Tezguzar” MFYda aholi turmush sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va zamonaviy qulayliklar yaratishga qaratilgan keng koʻlamli qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, hududda loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- 20-son davlat maktabgacha taʻlim tashkiloti filialini rekonstruksiya qilish hamda 90 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish uchun 3 milliard 168 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

- 6-son umumtaʻlim maktabining mavjud 480 oʻrinli binosini taʻmirlash va qoʻshimcha 180 oʻrinli oʻquv bloki qurish ishlari uchun 5 milliard 720 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

- “Tezguzar” oilaviy shifokorlik punkti binosini mukammal taʻmirlashga 880 million soʻm mablagʻ sarflanib, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatlari yanada yaxshilanmoqda.

- Mahallada 3 qavatli maishiy xizmat koʻrsatish markazi qurilishi uchun 11 mlrd 264 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Mazkur markaz hudud aholisiga zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

- Tashqi suv taʻminoti tizimini yaxshilash maqsadida 32 km uzunlikdagi tarmoqlarni tortish ishlari uchun 2 mlrd 860 mln soʻm mablagʻ sarflanmoqda.

- Mahalla hududidagi 9,397 km uzunlikdagi magistral va ichki yoʻllarni joriy hamda mukammal taʻmirlash ishlari uchun 3 mlrd 696 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

- Elektr taʻminoti tizimini takomillashtirish doirasida 9 ta transformator podstansiyasi oʻrnatish hamda 14 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari 1 mlrd 522 mln soʻm mablagʻ hisobidan amalga oshirilmoqda.

- Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida 2 km uzunlikdagi piyodalar yoʻlagi qurilishiga 475 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

- Irrigatsiya tizimlarini yaxshilash maqsadida 1,6 kilometr uzunlikdagi tarmoqlarni qurish va taʻmirlash ishlari uchun 660 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar natijasida “Tezguzar” mahallasining ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va xizmat koʻrsatish infratuzilmasi yanada rivojlanib, aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitlari yaratilmoqda.

Maʻlumot uchun:Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida “Tezguzar” mahallasida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalarning umumiy qiymati 30 milliard 245 million soʻmni tashkil etadi.
 

Yuborish Ulashish