Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Xorazmda yangi umumtaʼlim maktablari foydalanishga topshirildi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati Xonqa tumani “Qoramozi” mahallasida yangi 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining qurilishi yakunlandi. Mazkur muassasa Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yillik bayramiga oʻquvchilar va maktab jamoasiga munosib tuhfa boʻldi.

Shuningdek, loyiha doirasida Urganch tumani “Baxshilar” MFY hududida yangi 52-sonli umumtaʼlim maktabi ham foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish tadbirida hudud nuroniylari, maktab jamoasi, faxriy oʻqituvchilar hamda oʻquvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Dastlab, tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi. Shundan soʻng, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari oʻquvchilari hamda ustoz-murabbiylariga Bilimlar kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.

Yuborish Ulashish