Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Qashqadaryoda Mustaqillik bayrami arafasida yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

Istiqlolning 35 yilligi arafasida butun respublika boʻylab boʻlgani singari Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida ham bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, tumandagi “Alakoʻylak” mahallasida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida taʻlim va tibbiyot sohalariga oid yangi va zamonaviy obyektlar foydalanishga topshirildi.

Hududdagi 96-sonli umumiy oʻrta taʻlim maktabi kapital taʻmirlanib, 624 oʻrinli zamonaviy yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, “Alakoʻylak” mahallasi hududida 70-sonli Alakoʻylak oilaviy poliklinikasining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.
Mazkur tibbiyot muassasasi bir vaqtning oʻzida 50 nafar fuqaroni qabul qilish imkoniyatiga ega. Yangi bino zamonaviy talablar asosida jihozlanib, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Obyektlarning ochilish marosimlarida tuman hokimi, soha vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, loyiha doirasida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 10-, 13-, 24- va 25-maktablarda yangi qurilish va mukammal taʻmirlash ishlari yakunlandi. 

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu yangi obyektlar tumanlar aholisi va maktab yoshidagi bolajonlar uchun munosib bayram tuhfasiga aylandi.

Manba: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Yuborish Ulashish