Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Navoiyda ijtimoiy soha obyektlarining ochilishi boʻlib oʻtdi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mahallalar qiyofasini yangilash, aholi uchun zamonaviy ijtimoiy obyektlarni barpo etish va foydalanishga topshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumandagi “Navbahor” mahallasida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Loyiha doirasida “Muzaffar Shaxribonu poydevori” MCHJ tomonidan 3 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga maktab uchun 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etildi. Shuningdek, mavjud maktab binosida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.

Yangi o‘quv binosining ochilish marosimida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yosh avlod uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish borasidagi ishlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Yangi ta’lim maskanida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ularning sifatli bilim olishi, kelgusida yetuk va malakali mutaxassislar bo‘lib kamol topishi hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida Navbahor tumanining “Yangi yo‘l” mahallasida ko‘p yillar davomida aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan eski tibbiyot muassasasi zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, yangi qiyofa kasb etdi.

Yangi oilaviy shifokorlik punkti bir smenada 50 nafar bemorni qabul qilishga mo‘ljallangan. Endilikda mahalla aholisi o‘z hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tish, shifokor maslahatini olish va zarur birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foydalanishga topshirilgan zamonaviy tibbiyot maskanida yaratilgan shart-sharoitlar aholining salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Manba: Navbahor tumani hokimligi Axborot xizmati 

Yuborish Ulashish