Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi missiyasi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi ijrosi bilan tanishdi

OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasining loyiha monitoringi missiyasi Oʻzbekistonda boʻlib, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi ijrosi bilan tanishdi.

Dastlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda OPEK jamgʻarmasining loyihalar portfeli boʻyicha menejer Aleks Petkov BLAOG jamoasi bilan loyihaning amalga oshirilishi, xarid jarayonlari, moliyaviy koʻrsatkichlar va kelgusi rejalarni muhokama qildi.

Loyihaning OPEK jamgʻarmasi ishtirokidagi qismi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi 170 ta mahallada 264 ta obyekt qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 152 ta obyektda qurilish ishlari yakunlangan.

Tashrif davomida missiya Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi loyiha obyektlariga ham bordi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida “Zarmetan” MFYdagi 42-maktabda amalga oshirilgan rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari hamda suv inshooti koʻzdan kechirildi. “Azizbod” MFYda yoʻl, suv va elektr taʼminoti ishlarining bajarilishi tekshirildi, mahallaning tasabbuskor guruhi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Buxoro viloyatida Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband MFYda 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi va 25-sonli OSHP binosi qurilishi jarayoni bilan tanishildi, Shofirkon tumanidagi Mirzaqul MFYda mahalla markazi va OSHP qurilishi jarayoni koʻzdan kechirildi. Missiya aʼzolari mahalliy hokimiyat vakillari, pudratchilar va aholi bilan uchrashib, qurilish sifati va uning borishi bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildi.

Yuborish Ulashish