Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Loyiha oldi mutaxassislarni o’qitish yuzasidan seminar

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining 2-fazasiga tayyorgarlik yuzasidan BMT TD bilan hamkorlikda navbatdagi o’quv seminari tashkil etildi. Qarshi shahrida o’tkazilayotgan mazkur mashg’ulotlarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy fasilitatorlar qatnashmoqda. 

3 kunga mo’ljallangan seminarda ishtirokchilar aholi bilan ishlashda zarur bo’ladigan malakalarni, ziddiyatli vaziyatlarni hal etish usullarini nazariy taqdimotlar hamda ekspertlar tomonidan turli interfaol mashg’ulotlar yordamida o’rganishlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududiy fasilitatorlar malakasini orttirishga qaratilgan ushbu o’quv treningi davomida “Mahallani kompleks rivojlantirish rejasi”ni ishlab chiqish bo’yicha ham tajriba almashinish belgilangan.

Yuborish Ulashish