Tender
Quyidagi paketlar bo‘yicha xarid jarayoni bekor qilinishini ma’lum qilamiz:
SRDP-KR-W-10, SRDP-KR-W-11, SRDP-KR-W-12, SRDP-KR-W-13, SRDP-KR-W-14, SRDP-KR-W-15, SRDP-KR-W-16, SRDP-KR-W-17, SRDP-KR-W-18, SRDP-KR-W-19, SRDP-KR-W-20, SRDP-KR-W-21, SRDP-KR-W-22, SRDP-KR-W-23, SRDP-KR-W-24, SRDP-KR-W-25, SRDP-KR-W-26, SRDP-KR-W-27, SRDP-KR-W-28, SRDP-KR-W-29, SRDP-KR-W-31, SRDP-KR-W-32, SRDP-KR-W-33, SRDP-KR-W-34, SRDP-KR-W-35, SRDP-KR-W-36, SRDP-KR-W-37, SRDP-KR-W-38, SRDP-KR-W-39, SRDP-KR-W-40, SRDP-KR-W-41, SRDP-KR-W-42, SRDP-KR-W-43, SRDP-KR-W-44, SRDP-KR-W-45, SRDP-KR-W-46, SRDP-KR-W-47, SRDP-KR-W-48, SRDP-KR-W-49, SRDP-KR-W-50, SRDP-KR-W-51, SRDP-KR-W-52 va SRDP-KR-W-53.
Hurmatli ishtirokchilar,
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qaroriga muvofiq amalga oshirilib kelinmoqda. Xarid jarayonlari Islom taraqqiyot bankining xarid qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan.
O‘tkazilgan tender jarayonlari yakunlariga ko‘ra Baholash guruhi tomonidan tender takliflari baholanib, tegishli baholash bayonnomasi rasmiylashtirilgan hamda tender ishtirokchilariga shartnomani berish to‘g‘risidagi bildirishnoma (Notification of Intention to Award) yuborilgan.
Shu bilan birga, xarid shartnomalari imzolanishidan oldin Buyurtmachi tomonidan ayrim obyektlar bo‘yicha loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarida ayrim kamchiliklar ham aniqlangan.
Shu munosabat bilan Buyurtmachi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 04-04/7-01/240-sonli murojaat yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 05-05-11475-sonli bayonnomasiga muvofiq tegishli obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini qayta ishlash, loyiha tashkiloti tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, takroriy davlat ekspertizasini o‘tkazish hamda yangi tender savdolarini “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holatlar baholash bosqichi yakunlangandan so‘ng aniqlangan. Shu bilan birga, tegishli paketlar bo‘yicha xarid jarayonlari hali ishlarning amaliy bajarilish bosqichiga yetib bormagan hamda loyiha yechimlariga tuzatish kiritish loyihaning sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi.
Tender ishtirokchilari uchun yo‘riqnomaning (ITB) 40-bandiga muvofiq, Buyurtmachi shartnoma berilishidan oldin istalgan vaqtda xarid jarayonini bekor qilish va barcha tender takliflarini rad etish huquqiga ega bo‘lib, bunda tender takliflari qaytarilishi shart.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bayonnomasining 6-bandida tegishli obyektlar bo‘yicha avval o‘tkazilgan tender savdolarini bekor qilish, ularni qayta ko‘rib chiqish hamda xarid jarayonlarini milliy “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali qayta o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi paketlar bo‘yicha xarid jarayonini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi: