Tender
Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi
Loyiha: “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (IRDP), 2-bosqich
Sektor: Qishloq joylarni rivojlantirish
Xarid turi: Tovarlar
Shartnoma raqami: IRDP-SH-QSH-01
Moliyalashtirish manbasi: Islom taraqqiyot banki
Moliyalashtirish raqami: UZB-1038
E’lon chop etilgan sana: 29/10/2026
Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 05/11/2026, soat 15:00 (Toshkent vaqti)
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot bankidan (ITB) moliyalashtirish mablag‘larini olgan va ushbu mablag‘larning bir qismini Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktabi uchun mebel va boshqa jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha IRDP-SH-QSH-01-sonli shartnoma doirasidagi to‘lovlarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xaridda ishtirok etish huquqiga ega ishtirokchilarni tovarlarni xarid qilish bo‘yicha muhrlangan tender takliflarini taqdim etishga taklif qiladi. Tender savdolari Islom taraqqiyot bankining 2019-yil aprel oyida e’lon qilingan “ITB tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma”sida belgilangan narx takliflarini so‘rash tartib-taomillariga muvofiq o‘tkaziladi.
3. Narx takliflari Narx takliflarini so‘rash hujjati (RFQ) talablariga muvofiq tayyorlanishi hamda unda belgilangan muddatdan kechiktirmay quyida ko‘rsatilgan manzilga muhrlangan holda taqdim etilishi lozim. Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
4. Narx takliflarini ochish tender hujjatlarida ko‘rsatilgan sana, vaqt va joyda, ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar vakillari huzurida amalga oshiriladi.
5. Buyurtmachi ishtirokchilarning takliflarni tayyorlash va yetkazib berish bilan bog‘liq hech qanday xarajatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
Manzil: Yunusobod, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1-uy
Qavat / blok: 6-qavat, o‘ng blok
Shahar: Toshkent
Pochta indeksi: 100084
Telefon: +998 71 207 84 07 (121)
Elektron pochta manzili: 1038irdp.procurement@gmail.com.
Xat elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
Manfaatdor ishtirokchilar Narx takliflarini so‘rash hujjati (Request for Quotations – RFQ) va texnik ma'lumotlarni olish uchun yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga so‘rov yuborishlari mumkin.
Hujjatlar so‘rovda ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi.